Samsung idish yuvish mashinasida E2 xato
Oxirgi yangilanish sanasi : 03.03.2025
Nima bo'lyapti
Idish yuvish mashinasining displeyida "E2" va "5C" xatolar kodi paydo bo'ldi.
Sabab
Idish yuvish mashinasida oqova bilan muammo:
- oqova quvuri bukilib qolgan,
- filtr to'lib qolgan,
- kanalizatsiya tiqilib qolgan,
- oqova nasosi ishlamay qolgan.
Xatolik oqova quvuri uzaytirilgan qismi bilan birgalikda 4 metrdan oshib ketsa yuzaga kelishi mumkin (DW modellari uchun 3 metr). Mazkur holatda idish yuvish mashinasidan suvni chiqarish uchun oqova nasosining kuchi yetmaydi.
Nima qilish kerak
1
Idish yuvish mashinasini elektr tarmog'idan uzing
2
Oqova quvurini tekshiring
- Agarda unda kichik bukilishlar bo'lsa, uni to'g'irlab, yana bukilmaydigan holatda joylashtiring.
- Agarda quvurda kuchli bukilish yoki zararlar bo'lsa, uni yangisiga almashtiring.
3
Idish yuvish mashinasining quyi qismida filtrlash tizimini tekshirib ko'ring hamda zarurat bo'lganda uni tozalang.
4
Oqova quvurini kanalizatsiyadan uzing va uni rakovina yoki chuqur idishga yo'naltiring.
Agarda sizda quvurning uzaytirilgan qismi bo'lsa, uni olib tashlang.
Agarda sizda quvurning uzaytirilgan qismi bo'lsa, uni olib tashlang.
5
Erkin oqovali istalgan idish yuvish jarayonini ishga tushiring.
- Agarda xato yana paydo bo'lmasa — idish yuvish mashinasi yaroqli holatda.
- Agarda xato yana paydo bo'lsa — idish yuvish mashinasini ta'mirlash talab etiladi, ro'yxatdan o'tgan xizmat ko'rsatish markaziga murojaat etishingizni so'raymiz.
Fikr-mulohazangiz uchun tashakkur!
Barcha savollarga javob bering.