Brend

Mahsulotlarimiz kundalik vazifalaringizni osonlashtiradi

Sun'iy intellektdan foydalanib, hayotingizning turli sohalarida samaradorlikka erishing

Barchamiz o'zimiz uchun haqiqatan ham qiziq bo'lgana vazifalar bilan shug'ullanish uchun ko'proq vaqtga ega bo'lishni, buning uchun esa kamroq ishlarimiz bo'lishini istaymiz. SmartThings hamda Galaxy AI yordamida siz o'z ish vazifalaringizni optimallashtirishib, kun davomidagi qadrli vaqtingizni tejashingiz mumkin. Galaxy AI yordamida siz barcha vazifalaringizni oson hal etishingiz mumkin — uy ishlaridan to samarali ish jarayonigacha. Shu yil bizning mahsulotlarimiz sizga yanada ko'proq o'zingizga e'tibor qaratishingizga yordam beradi.

Voqealar rivojidan
xabar beruvchi haqiqiy
AI hamrohingiz
Sizning kuningiz uchun xulosalar.

AI va siz: aql bilan ishlang

Haftasiga bir-ikki kun uydan ishlaysizmi yoki majburiyatlarga to‘la tig‘iz ish jadvalingiz borligidan qat’iy nazar, kerakli vositalarning qo'l ostingizdaligi doimo voqealardan xabardor bo‘lishingizga yordam beradi.

Galaxy S25 Ultra smartfonidagi Now Brief1 funksiyasi kuningiz uchun ajoyib yordamchi bo‘lishi mumkin. Tongni qulf ekranidagi o‘tgan kun haqidagi qisqacha hisobot bilan boshlang. Now Brief kontentini eng muhimlariga e’tibor qaratish uchun moslashtiring. Kunlik jadvalingizni eslatib turish rejalaringizdan chalg'imasligingizga yordam beradi, kechki hisobot esa kuningiz unumdorligi haqida tasavvur beradi.

AI va siz: mutaxassis kabi pishiring

Ko‘pchilik uchun ish kuni yakunlanganda, ota-onalik vazifalarini bajarish vaqti keladi, bu esa odatda kechki ovqatga nima tayyorlashni aniqlashni anglatadi. SmartThings va sun’iy intellekt birlashib, kundalik ishni texnologik sarguzashtga aylantirdi. AI Family HubTM+ texnologiyasi va AI Vision Inside2 texnologiyasiga ega Samsung Family HubTM muzlatgichi uyda nima borligi haqida bosh qotirishga majbur qilmasdan, taom tayyorlashni osonlashtiradi. AI Vision Inside muzlatgichdagi ba’zi mahsulotlarni aniqlab, do‘konda bo‘lganingizda nima sotib olishingiz kerakligini tahlil qilishga yordam beradi.

Tayyorgarlik tugagach, sun’iy intellekt bir nechta harakatda sizga barchasini pishirishga yordam beradi. AI Family HubTM+ da SmartThings3 yordamida siz retseptlarni qidirishingiz va haftalik ovqatlanish rejalarini tuzishingiz mumkin. Bundan tashqari, siz muzlatgichdan SmartThings bilan ishlaydigan boshqa qurilmalarni boshqarishingiz mumkin. Sun’iy intellekt oshxonangizda yordamchingiz bo‘lib, taomlarni tayyorlashdagi tashvishlardan sizni xalos qilishi mumkin.

Dam olishingiz darajasini oshiring
Samsung AI televizorlarining yangi davri bilan tovush va tasvir aniqligi sizni hayratga soluvchi darajaga olib chiqilgan

AI va siz: zavqli sarguzasht

Kechki ovqatdan keyin oilaviy dam olayotganingiz yoki mehmon kutayotganingizdan qat’iy nazar, ko‘pchilik uchun televizor qarshisida bo‘lish odatiy hol. Samsung Neo QLED 8K4 televizorida dam olishingizni maksimal darajada qulay qilish uchun sun’iy intellekt muhim rol o‘ynaydi. Adaptive Sound Pro va Active Voice Amplifier tovush eshitilishini yaxshilash uchun uni atrof-muhitga moslashtiradi. AI Protsessor uydan chiqmasdan haqiqiy kino taassurotini olishingiz uchun esa siz tomosha qilayotgan5 video aniqligini avtomatik ravishda 8K6,7 darajagacha oshiradi. Bu yilgi ta’tilingiz yangilanishga arziydi, bunda esa sizga sun’iy intellekt yordam beradi.

AI va siz: oson kir yuvish jarayoni

Aqlli tavsiyalar yordamida kiyimlaringizni parvarish qiling. AI Wash8 har bir kir yuvishdagi buyumlarning og‘irligi va yumshoqligini aniqlaydi, so‘ngra sun’iy intellekt algoritmi yordamida matolarga kerakli parvarishni ta’minlash uchun to‘g‘ri sozlamalarni - suv darajasi, aralashtirish va yuvish sikllarini taklif qiladi.

AI va siz: sokin hordiq

Yaxshi tungi uyqu samarali ishchi, ota-ona va inson bo‘lish uchun juda muhimdir. Galaxy Watch7 bilan uyqu odatlaringiz va salomatligingiz haqida ma’lumot olishingiz mumkin.9 Bilagingizga bemalol o‘rnashib olgan bu soatda qancha texnologiyalar mujassam ekaniga ishonmaysiz.

Shuningdek, u sizning ertangi kun uchun jismoniy tayyorgarligingizni aks ettiruvchi Energy Score10 ballingizni hisoblaydi. Eng qizig‘i nima? O‘zingizni qanday his qilayotganingiz haqidagi barcha ma’lumotlarni Galaxy Z Flip6 uchun Samsung Health ilovasida jadvallar, grafiklar va moslashtirilgan maslahatlar bilan ko‘rishingiz mumkin.

AI va siz: uy hayvonlaringizni parvarishlash

Uy hayvonlaringiz tufayli uyni tozalashga va ular bilan o'ynashga bir xil vaqt sarflaysizmi? Jet Bot ComboTM yordamida aql bilan tozalash ishlarini bajaring hamda uy hayvonlaringiz bilan ko‘proq vaqt o‘tkazishingiz uchun unga siz uchun polni tozalashga imkon bering. Jet Bot telefon simiga yoki it o‘yinchog‘iga ilinib qolmaslik uchun uyning rejasini o‘rganadi va to‘siqlarni aniqlaydi11. Shuningdek, u pol qoplamasining turini avtomatik ravishda tahlil qiladi.12 Istalgan joydan boshqarish uchun Galaxy qurilmalaridan foydalaning, shunda parkdan qaytishingizga uyingizda pol allaqachon ajoyib ko'rinishda bo'ladi.

Vaqt - sizning eng qimmatbaho resursingiz va kun davomida sizda yetarlicha vaqt mavjud bo'lmasligi mumkin. Shuning uchun ham har bir lahzadan unumli foydalanishingiz zarur. Hayotingizning har qanday sohasida - ishdan tortib oilangizgacha - Galaxy AI va SmartThings unumdorlik va samaradorlikni oshirishingizga yordam beradi. Sun’iy intellekt va SmartThings imkoniyatlarini hayotingizga tatbiq etish bugungi kundagi eng oqilona qaroringiz bo‘lishi mumkin.

Endi bu hikoyalarni oʻqing

1. Now Brief xizmatidan foydalanish uchun Samsung hisob qadynomasi talab etiladi. Mavjudlik mamlakat, til, qurilma modeli yoki ilovalarga qarab farq qilishi mumkin. Ayrim funksiyalar tarmoqqa ulanishni talab etishi mumkin. Tadbirlar jadvali bildirishnomalari Android Taqvim ma’lumotlar bazasidan foydalanadigan Taqvim ilovalari tomonidan qo'llab-quvvatlanadi va Samsung Taqvim ilovasi o‘rnatilgan holda foydalanish uchun mavjud.

2. 2025-yil aprel holatiga ko‘ra, AI Vision Inside yangi meva va sabzavotlar kabi 37 ta oziq-ovqat mahsulotini aniqlay oladi. Aniqlab bo‘lmaydigan mahsulotlar ro‘yxati bo‘sh bo‘lishi mumkin. AI Vision Inside sovutgich yoki sovutgich eshiklaridagi qutilardagi mahsulotlarni aniqlay olmaydi yoki sanab o‘ta olmaydi. U aniqlikni oshirish uchun vaqti-vaqti bilan yangilanishi mumkin bo‘lgan chuqur o‘rganish modellari asosida oziq-ovqat mahsulotlarini taniydi.

3. Android va iOS qurilmalarida mavjud. Wi-Fi tarmog'iga ulanish va Samsung hisob qaydnomasi talab etiladi. Tizimga kirish uchun ikkala qurilmada ham bir xil Samsung hisob qaydnomasidan foydalanish kerak.

4. Sun’iy intellekt funksiyalari 2024-yildan boshlab ishlab chiqariladigan mahsulotlarda mavjud.

5. Aniqlikni 8K darajagacha oshirish uchun sun’iy intellektga asoslangan formulalardan foydalanadi. Natijadagi tasvir aslidan farq qilishi mumkin.

6. Ko'rish sifati kontent turi va formatiga qarab farq qilishi mumkin.

7. 8K gacha aniqlikni oshirish kompyuterga ulanish va o‘yin rejimiga taalluqli emas.

8. Mato sensori sun’iy intellekt algoritmidan foydalanib, 8 funtgacha bo‘lgan buyumlarda 3 turdagi matolarni (paxta, nozik matolar, sochiqlar) aniqlaydi. Aralash matolarni tahlil qilish aniqligini pasaytirishi mumkin. Haqiqiy natijalar foydalanish holatiga qarab farq qilishi mumkin. Eskirmaslik uchun o‘xshash matolarni birga yuving.

9. Uyquni kuzatish funksiyalari faqat umumiy sog‘lomlashtirish va fitnes uchun mo‘ljallangan. Hech qanday kasallik yoki uyqu buzilishini aniqlash, tashxislash yoki davolash uchun mo‘ljallanmagan. O‘lchovlar faqat shaxsiy ma'lumot olishingiz uchun mo‘ljallangan. Iltimos, maslahat uchun tibbiyot xodimiga murojaat eting. Uyqu nazorati uchun kamida 7 kunlik, jumladan, 2 ta dam olish kunidagi uyqu axboroti talab etiladi.

10. Energy Score faqat umumiy sog‘lomlashtirish va fitnes uchun mo‘ljallangan. Energy Score faqat Galaxy Ring yoki Galaxy Watch4 modellarida, shuningdek, undan keyingi Samsung Galaxy Watch modellarida qo‘llab-quvvatlanadi. Energy Score ko'rsatkichini tekshirish uchun Samsung Galaxy Watch yoki Galaxy Ring yordamida tahlil qilinadigan salomatlik ma'lumotlari Samsung Health ilovasi bilan sinxronlanishi kerak. Kunlik energiya va tayyorgarlikni hisoblash uchun Energy Score funksiyasi kamida bir kunlik uyqu, faollik va yurak urishi haqidagi ma’lumotlardan foydalanadi.

11. Obyektlarni tanib olishga ularning shakli yoki atrof-muhit sharoitlari ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Faqat ma’lum turdagi obyektlarni tanib olish mumkin. Masalan: konditsioner (statsionar), muzlatgich, BESPOKE (muzlatgich/idish yuvish mashinasi), televizor, kir yuvish/quritish mashinasi, havo tozalagich, bug' shkafi, divan, karavot, kitob javoni, stol, uy hayvonlarining axlati, elektr kabeli, sochiq/paypoq, piyola, stakan, butilka, kosa, vaza, pol gilam, gilam qoplamasi, kiyim ilgich, poyabzal uchun taglik, tarozi, uzaytirgich, to‘sinli mebel, mebel oyoqlari, g‘ildirakli o‘rindiq, uy hayvoni uchun mo‘ynali shar, smartfon uchun kabel, dog'lar, ostona va eshik. Ifloslangan joylarni aniqlash SmartThings ilovasi yordamida oldindan faollashtirilishi kerak. Android va iOS tizimlarida ishlaydigan SmartThings ilovasi talab etiladi. Shuningdek, Wi-Fi tarmog'iga ulanish va Samsung hisobi ham talab etiladi.

12. Bizning chuqur o‘qitish modelimiz asosida oldindan belgilangan ma’lumotlar to‘plamidan foydalangan holda o‘qitish amalga oshiriladi hamda natijada to‘liq bo‘lmagan yoki noto‘g‘ri ma’lumot berilishi mumkin. Vaqti-vaqti bilan bizning o‘qitish modelimizga uning aniqligini oshirish uchun yangi ma’lumotlar to‘plami kiritilishi mumkin.